"Angren IES" aksiyadorlik jamiyati
Xonadonlaringiz nurafshon bo`lsin    

Samarqanddagi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushganiga to‘rt oydan oshdi. qanday natijalarga erishildi

« Back

Samarqanddagi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushganiga to‘rt oydan oshdi. Qanday natijalarga erishildi 14.10.2022 00:00

2022-yil 24-may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 MVt quvvatli O‘zbekistondagi ikkinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. Birinchisi 2021-yil 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida ishga tushirilgan edi.

Hozirda stansiya kuniga o‘rtacha 900 ming kVt-soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda.

Stansiya ishga tushgandan to bugungi kunga qadar 120 mln kVt-soatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqardi.

Shuningdek, stansiya yiliga 75 million kub metr tabiiy gazni tejab, atmosferaga 100 ming tonnaga yaqin issiqxona gazlari chiqarilishining oldini oladi.

Ma’lumot uchun: ushbu stansiya 80 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Manba - minenergy.uz


Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства

Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная версия сайта запустится автоматически