"Angren IES" aksiyadorlik jamiyati
Xonadonlaringiz nurafshon bo`lsin    

“Аngren IES” АJ “Issiqlik elektr stansiyalari” АJ tizimiga oʼtdi

« Back

“Аngren IES” АJ “Issiqlik elektr stansiyalari” АJ tizimiga oʼtdi 05.01.2023 00:00

“Аngren IES” АJ boʼyicha 2019-yilda tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasi muddati tugagani bois, elektr stansiya 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab “Issiqlik elektr stansiyalari” АJ tizimiga oʼtdi

Hozirda “Issiqlik elektr stansiyalari” АJ tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzilgan boʼlib, ular boshchiligida korxonaning mavjud texnik imkoniyatlarini qayta koʼrib chiqish, moliyaviy holatini oʼrganish, ishlab chiqarish koʼrsatgichlarini taʼminlash boʼyicha tegishli choralar koʼrilmoqda.

Shuningdek, aholining elektr va issiqlik energiyasiga boʼlgan talabini toʼliq qondirish maqsadida korxonada ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash boʼyicha maxsus shtab faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Mutaxassislar ishtirokida elektr stansiyaning oʼrnatilgan quvvatini toʼliq ishga tushirish boʼyicha reja-jadval asosida ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, ishchi guruhi elektr stansiyada boʼlib, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasini taʼminlash, texnik xavfsizlik boʼyicha belgilangan talablarga rioya etish hamda ularni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash choralarini koʼrmoqda.

Kelgusida, ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʼlgan zararni kamaytirish va ekologik holatni yaxshilash boʼyicha zamonaviy uskunalar joriy etiladi.

 

Manba - minenergy.uz


Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства

Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная версия сайта запустится автоматически