2021 yilninig 12 fevral kuni “Angren IES” AJda O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi targ’ibotiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
“Angren IES” AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan tuzilgan reja–jadvali asosida texnik–o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Respublika xalqiga qilgan murojaatining mazmun–mohiyatiga bag’ishlangan “Ma’naviyat soatlari
” korxonaning faol ishchi–xodimlari ishtirokida o’tkazildi.
Ushbu “Ma’naviyat soatlari”da murojaatning mazmun–mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar to’g’risida korxona kasaba uyushma qo’mitasi raisi, tij orat ishlari bo’yicha director hamda korxona ma’naviyat va ma’rifat ishlari yo’riqchisi B.T.Yuldashevlar atroflicha tanishtirib hamda berilgan savollarga to’liq javob berdilar.